Ushbu hadis sahihmi?
Assalomu alaykum! Shukr sajdasining fazilati haqida rivoyat qilingan quyidagi hadis sahihmi?
“Darhaqiqat, agar banda namoz o‘qib bo‘lib, so‘ngra shukr sajdasini ado qilsa, Alloh taolo banda bilan farishtalar orasidagi hijobni (ya’ni to‘siqni) ochar ekan. Alloh taolo aytadi: “Ey farishtalarim, mana bu bandamga e’tibor qiling. Farzimni ado etib, ibodatimni maromiga etkazib qildi. Unga bergan ne’matimga shukr qilib, menga sajda qildi. Ey farishtalarim, unga nimani tortiq qilay?”. Farishtalar aytadi: “Ey Rabbim, rahmatingni”. Alloh taolo aytadi: Yana nimani?- Ey Rabbim, jannatingni.- Undan keyinchi?- G‘am-qayg‘ularini kifoya etishingni.- Undan keyinchi?Farishtalar hech bir yaxshilikni qoldirmay aytib o‘tadilar. Alloh: “Ey farishtalarim,yana nima?” – deb so‘raydi. Farishtalar: “Ey Alloh, bundan ortiq bilishga bizning ilmimiz etarlicha emas” – deyishadi. Shunda Alloh taolo: “Menga shukr aytganidek, Men ham unga shukr aytaman. Fazlim bilan undan qabul qilib, rahmatimni ko‘rsataman” – deydi..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan hadisning sanadini bilmadik. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 146 | Hadislar