Rizqning kutilmagan joydan kelishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar meni savolim rizq xaqida. Bir ma’ruzada rizqning keng ma’noda ekanligi ya’ni eyishimiz, ichishimiz, kiyinish va xakazolardan tashqari ilmga xamda xar xil bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishimiz xam bizga berilgan rizq ekanligi xaqida eshitgandim. Shunday xolatlar bo‘ladiki biz o‘ylagan xar xil xayolga kelgan savollarga, qiziqishlarga ba’zi bir muommolarga oydinlik kirituvchi aniq taxliliy ma’lumotlar go‘yoki «oyog‘imiz tagida» yotganday. Bir qarasang internet saytlarida, ko‘cha kuyda, bir inson bilan gaplashganda xullas o‘zimiz kutmagan joydan savollarga javob olamiz. Bunday xolatlarni rizqning kutilmagan joydan kelishi deb tushunsak bo‘ladimi? Yoki bular xammasi oddiy tasodifmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha, lekin kelayotgan har bir narsa Allohning meng bergan rizqi deb, ajratmasdan olavermaslik kerak. Chunki e’tiqodga tegishli masalalarda “Harom ham halol kabi rizqdir, garchi bu gapimni kimlardir yoqtirmasalar ham” deyilgan. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 159 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar