Tarix kitoblarida imom Mahdiy

Assalomu alaykum! 9-sinf Jahon tarixida 33-mavzu 119-bet, Mahdiy (arabcha Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga etaklovchi) - Islomda oxirzamon bo‘lganida kelib, erda adolat o‘rnatadi, deb ishoniluvchi payg‘ambar deb yozilgan ekan. Bilishimcha Rasululloh sallolohu alayhi vassalam xotamul-anbiyo deb ta’riflanganlar. Mahdiyni payg‘ambar deyish islomda yo‘qku. Yosh avlod noto‘g‘ri ma’lumot olmoqda. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U tarix kitobini yozganlar tuhmat qilishibdi. Shunday xato deb bilgan joylarni to‘plab bersangizlar biz maqola qilib kerakli joylarga topshiramiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar