Terlasa taxorat buziladimi
Assalomu alaykum! Namoz o‘qish uchun taxorat olsayu ammo terlagan bo‘lsa, ter xidi esa xuddi najas xididek juda sassiq xatto odamni ko‘nglini aynitadigan darajada bo‘lsa, taxorat buziladimi? Bunday paytda namoz uchun shu taxorat olgani etarlimi yoki g‘usl xam qilish vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Terlash bilan tahorat buzilmaydi. Namoz uchun tahoratning o‘zi kifoya. Xususan ish qilib turganingiz tufayli sharoitingiz bo‘lmasa gusl shart emas. Lekin mo‘min kishi namoz uchun ziynatlanishi kerak. Yaxshi kiyimda, xushbo‘y holatda bo‘lishi tavsiya qilinadi. Shuning uchun g‘usl vojib bo‘lmasa ham cho‘milik yurish yaxshi. Juma kunlari g‘usl qilish shuning uchun sunnat hisoblanadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 333 | Tahorat