Taroveh namozi haqida

Assalomu alaykum! Bugungi kunda mahallamizda bir kishining uyida 30 kishilar atrofida odamlar yig‘ilib taroveh namozini o‘qiyapmiz. Taroveh nomozini xufton, vitr namozlari bilan 40-45 daqiqalarda o‘qib bo‘lamiz. Mening 8-sinfda o‘qiydigan jiyanim ham boradi, u bir gal bomdod namozida charchab uxlab qolayotganligini aytdi. Shunda men unga 20 rakat taroveh namozi bomdodning 2 rakat farziga teng kelmaydi. Agar tarovehga borib charchab qolayotgan bo‘lsang, ba’zi kunlari bormay tarovehni o‘tkazib yuboraver dedim. Men noto‘g‘ri gapirib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarovehni ham bomdodni ham qoldirmaslik uchun harakat qilishga chaqirish lozim edi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:12 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar