Vaktsina olgandan keyin g‘usl va namoz

Assalomu alaykum! Kecha vaktsina olgan edim 3 kun cho‘milmaslik kerak ekan. Bugun o‘zim sezmagan xolda ichki kiyimim oq dog‘cha bo‘lib qolibdi, taxorat qilaman deb ko‘rib qoldim endi g‘usl qilishim kerakmi? Namozlarimni qoldirsam bir nimamni yo‘qotib qo‘ygandek bo‘laman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu namozni qoldirishga sabab bo‘lmaydi. Agar haqiqatan g‘usl qilsangiz salomatligingiz uchun zarar bo‘lsa, g‘usl uchun tayammum qilasiz, namozga tahorat olib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 141 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar