Qarzga olgan narsani qaytarish lozim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizdan ancha narsalarni o‘rgandim. Xudoning o‘zi ilmingizni ziyoda qilsin. Bir savolim bor edi. Bir ukaxonimdan bir oyda qaytarib berish sharti bilan buyum olgandim. Ammo va’da berilgan kunga pulni qaytarolmadim. Bu holat meni iztirobga solmoqda. Yo olgan molimni qaytarib beraymi? Bunday holatda qanday yo‘l tutishni bilmay qoldim. Ikki kundan beri meni kutishmoqda. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval xalqdagi “Ko‘rpanga qarab oyoq uzat” maqoliga amal qilish kerak edi. Endi buyum sizniki, zimmangizga uni pulini berish vojib. Sotishga yaroqli nimangiz bo‘lsa sotib, pulni to‘lang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar