Do‘zaxiy o‘g‘il
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda kilsin. Bu savolni juda xam qo‘rquv ichidaligim uchun beryapman. Bir joyda o‘qidim, xijob o‘ramaydigan ayol uzi bilan otasi, aka-ukasi va o‘g‘lini xam do‘zaxga kiritar ekan. Men ota, aka-uka xaqida bilar edim. Lekin o‘g‘il xam shular ichidaligini bilmas edim. Sababi mening onam musulmon bo‘lgani bilan namoz o‘qimaydilar, xijob o‘ramaydilar va xijob o‘raydigan, namoz o‘qiydigan ayollarni g‘iybat kiladilar. Otam xam xuddi shunday. Ularga onamning xijob o‘ramasligi ular uchun xam xatarli ekanligini tushuntirishga xam qurqaman. Namoz o‘qishimga xam yaqinda ruxsat berishdi. Shu paytgacha qarshilik qilishgan. Meni shariat qoidalariga bo‘ysunishim xam ularni jaxlini chiqaradi va shu uchun otamdan gap eshitganim xam esimda. Mayli, In Shaa Alloh, Allohga tavakkal kilib ularga buni tushuntiraman. Lekin shunda xam onam fikridan qaytmasligi mumkin. Ularga Allohdan xidoyat so‘rab duo qilaman. Savolim shuki, agar onam fikridan qaytmasa, men dayus xisoblanamanmi? Sababi, ular meni qizim yoki singlim emas, ularni majburlashga xaqqim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularning bu holatlariga rozi bo‘lmasangiz va shariat hukmini etkazgan bo‘lsangiz, ularning osiyligi tufayli siz iqob qilinmaysiz insha Alloh. Vallohu a’lam!Ushbu savolning javobini o‘qing:https://savollar.islom.uz/wparxiv/40612
9 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush