Mexmonxonda ishlash

Assalomu aleykum! Men chet elda mehmonxonada ishlayman. Men ishlaydigan bu mehmonxonaga chet ellik mehmonlar (musulmon mehmonlar ham) va mahalliy mehmonlar ham kelishadi. Mening vazifam xona tozalash va postellarni almashtirishdan iborat. Ba’zida mehmonlar bu xonalarda ichkilikbozlik yoki zino qilgandan keyin chiqindilarini tozalashga to‘g‘ri keladi va meni bu holat o‘ylantiryapti. Ushbu joyda ishlashim hukmi qanday?! Men yashaydigan joylarda halol ish topish mushkulroq(ko‘pincha restoranlar bor lekin ular cho‘qcha go‘shti va aroq sotishadi ham).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar