Saf to‘g‘ri bo‘lsa ko‘ngil to‘g‘ri bo‘ladi degan gap
Assalom alaykum! Bugun peshin namozini o‘qishlik uchun masjidga bordim. Qomatga chaqiriqdan so‘ng imomlikka o‘tgan birodarimiz “saflarni to‘g‘irlab oling, saf to‘g‘ri bo‘lsa ko‘ngil to‘g‘ri bo‘ladi” deb farz namozini boshladilar. Bu qanchalar to‘g‘ri gap?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisdagi gap. عَنِ الْبَرَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَخَلَّلُ الصَّفَّ مِنْ نَاحِيَةٍ إِلَى نَاحِيَةٍ، يَمْسَحُ صُدُورَنَا وَمَنَاكِبَنَا وَيَقُولُ: لَا تَخْتَلِفُوا فَتَخْتَلِفَ قُلُوبُكُمْ. وَكَانَ يَقُولُ: إِنَّ اللهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى الصُّفُوفِ الْأُوَلِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam safning u boshidan bu boshigacha orani to‘g‘rilab, elkalarimiz va ko‘kraklarimizni silab chiqar va:
«Ixtilof qilmanglar, yana qalblaringiz ixtilof qilib qolmasin», der edilar. Yana:
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari birinchi saflarga salovot ayturlar», der edilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning saflarning to‘g‘ri bo‘lishiga nafaqat og‘izda, balki amalda ham e’tibor berganliklari bayon etilmoqda. Safning to‘g‘riligini ko‘rish bilan kifoyalanmay, qo‘llari bilan ham ushlab, to‘g‘rilab chiqishlari shuni ko‘rsatadi.
Imomlarimiz ham ushbu sunnatga amal qilishlari kerak.
Ikkinchidan, safdagi qing‘ir-qiyshiqlik musulmonlarning qalblaridagi egrilikka ham sabab bo‘lib qolishi mumkinligi bayon qilinmoqda.
Demak, musulmonlar jamoat namozida safni to‘g‘ri olib, bir tekis tutsalar, qalblari ham to‘g‘ri bo‘ladi. Agar ular saflarini qing‘ir-qiyshiq tutsalar, qalblari ham egri bo‘lib qoladi. Namoz o‘qib, jamoatda ishtirok etganlarning holi shu bo‘lsa, namoz o‘qimay, jamoatga kelmay yurganlarning holi qanday bo‘lishini o‘zingiz bilib olavering!
Uchinchidan, hadisda Alloh birinchi safda turganlarga O‘z rahmatini nozil qilishi, farishtalarning ularning haqqiga istig‘for aytib, duo qilishlari bayon qilinmoqda.
Demak, safda turgan namozxonlar o‘zlariga Allohning rahmati yog‘ilayotganini va farishtalarning duo qilayotganlarini his qilib turishlari lozim. Bu qanday ham yaxshi holat! Allohning rahmatiga, farishtalarning duolariga loyiq bo‘lmoq va ularga erishishga muvaffaq bo‘lmoq lozim! (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar