Abonement haqida

Assalomu alaykum! Biz oliy ta’lim muassasasida o‘qiymiz. Bir kuni o‘qishimizga taniqli biznesmenlardan biri keldi va maqsad qo‘yish mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. U Toshkent shahrida keng tarqalgan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazi asoschisi, boshlig‘i desa ham bo‘ladi. U erda u ham o‘zining maqsadlari haqida gapirib o‘tdi va aytdiki, agar men shu yilning oxirigacha shu rusumli mashinani ololmasam, shu erda o‘tirgan barchangizga o‘z markazimda ingliz tilini o‘qish uchun 3 oylik abonement beraman dedi. Hech kim bunday qiling deb aytmagan u kishiga, uning o‘zi shunday tashabbus bilan chiqqan. Bu gapdan asosiy maqsad shu maqsadga erishishga bo‘lgan harakat ko‘proq bo‘lishidir. U yil ham tugadi va aytilgandek o‘sha mashinani ololmapti va endi qatnashganlarga abonement berishayotgan ekan. Savolim shuki, bu hol ham garov shartiga tushadimi? Va bu abonementni olishlik joiz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Garov uchun ikki tomondan pul tkilgan bo‘lishi kerak. U erda va’da ham bajarolmasa imtiyoz ham bir tomondan bo‘lgan. Bu garovga kirmaydi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar