Direktor "xarajati"

Assalomu alaykum! Meni bir tanishim maktabda ikki yildan beri ishlaydi. Lekin xar oy oylik tushganda maktab direktori undan maktab xarajatlari uchun oyligini yarmini oladi. Yani 1 stavka ish bulsa 0,5 uziga 0,5 Direktorning xarajatlariga ketadi. Oylik tushgandan sung uzining oyligining yarmini nakd pul eki plastik kartadan utkazib beradi. Ikki yildan beri shu axvol. Direktorga bir necha bor bu ish noto‘g‘ri ekanligi, xakkini tulik kilib berishni suradi. Direktorning javobi doim bir xil. Seni men ishga olganman, ishsiz yurganlar kancha, noshukursan, meni xarajatlarim kup, agar ekmasa boshka joydan ish kidir, shtatlarga kiskarish kelayapti,sabr kilib tursang tugirlab beraman kabi, gaplarni boxona kilib ikki yildan beri xodimning oyligining yarmini bermay kelayapti. Axir davlat direktorga kilaetgan vazifasi uchun maosh beradiku. U bepul ishlaetgani yukku. Xodim arzimagan maosh oladi. Oilasining maishatiga xam etmaydi. Ishga kiraetganda 1stavka ishni tulik bermay, maktabda 0,5 stavka bor deb, ishga kabul kilgandan sung, sening stavkang 0,5, men xarajatlarim uchun senga yana 0,5 kushaman, yarmi meniki yarmi seniki. Oylik tushgandan sung menga yarmini berasan degan davo bilan ikki yildan beri maoshini tulik bermayapti. Sen bilan shunday kelishgan edik deb. Garchi xodim bunaka "Shartnoma" kilmagan bulsa xam. Bu narsaga rozi bulmasa xam. Bu adolatsizlikdan bitta mening tanishim emas, yana untaga yakin xodim jabr kurar ekan. Ustozlar sizlarning maslaxatingiz juda zarur. Bunaka direktorlarga nasixat kilib kuysangiz. Zero bu ishni kilib yurgan bazilar insofga kelsa. Savrol. 1.Direktorning bu ishiga shariat nima deydi? Gunox, javobgarlik bormi? 2. Direktor ikki yil davomida xodimlardan olgan pullarini tulik kaytarib berib, xodimlarni rozi kilmasa, u uchun oxiratda javobgarlik bormi? 3.Xodimlar bunday vaziyatda tegishli organlarga murojaat kilib, direktorni jinoiy javobgarlikka tortib, ikki yillik xakkini tulik undirib olsa buladimi? Agar direktor bu ishi uchun kamalsa xam. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham o‘g‘irlik. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:14 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar