"hutta" so‘zining manosi nima?

Assalomu alaykum! “Hadis va Hayot” kitobidan Nubuvvat va Risolat kitobida Muhammad sallollohu alayhi vassallamning birinchi Umra safarlarida yo‘l o‘zgartirilgan. Chunki quraysh ahli musulmonlarni kelayotganligini eshitib ularga qarshi tayyorgarlik ko‘rib turshganligi xabari etgan. Buni eshitgallaridan keyin yo‘l o‘zgartirilgan va noteks yo‘ldan 1400 ta odam yurishgan. Keyn tekis yo‘lga tushib olishganligidan keyin Payg‘ambarimiz sallollohu alayhu vassallam: "Nastag‘firulloha va natubuu ilayh" deb aytinglar, deb sahobalarga buyuradilar. Shunda hamma bir ovozdan aytadi. So‘ng Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vassallam: "Bu Banu Isroilga kelgan " hutta" edi, lekin ular aytishmadi." deb aytadilar. Shu "hutta" so‘zi nmani anglatadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitobda “hutta” emas balki “hutti” deyilgan. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:   وَإِذْ قُلْنَا ادْخُلُواْ هَذِهِ الْقَرْيَةَ فَكُلُواْ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ رَغَداً وَادْخُلُواْ الْبَابَ سُجَّداً وَقُولُواْ حِطَّةٌ نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطَايَاكُمْ وَسَنَزِيدُ الْمُحْسِنِينَ۝ 58. «Ushbu shaharga kiring va unda xohlagan joyingizda bemalol eng hamda eshikdan ta’zim bilan kiring va: «Hittotun», – deng, sizning xatolaringizni mag‘firat qilamiz va yaxshilik qiluvchilarga ziyoda qilamiz», – deganimizni eslang.
Avval bir necha bor takrorlanganidek, bu hodisalarning bayoni boshqa suralarda batafsil keladi, hozir esa qisqacha eslatilyapti. Ushbu oyatdagi
«Ushbu shaharga kiring» degan jumladagi «shahar»dan murod Quddusi sharifdir. Uzoq zamonlar Misrda vatangado bo‘lib yurgan Banu Isroilga Alloh taolo vatan ato qilib, «Ushbu shaharga kiring», – deyapti. Buning ustiga, yana:
«…unda xohlagan joyingizda bemalol eng…», – deb katta marhamat ko‘rsatyapti.
Shu bilan birga, qanday holda kirish lozimligini ham o‘rgatyapti:
«…eshikdan ta’zim bilan kiring va: «Hittotun», – deng», ya’ni «Odob bilan «Hittotun» degan so‘zni aytib kiring», – deyildi.
«Hittotun» degani «Afv et, gunohimni kech» degan ma’noni anglatar ekan.
Bundan ko‘rinadiki, Alloh ne’mat ato qilganda, albatta shukr etish kerak. Shukr ham so‘z bilan, ham amal bilan bo‘lishi lozim.
Banu Isroil agar qishloqqa sajda ila, gunohlarini kechishini so‘rab, Alloh o‘rgatgan so‘zni aytib kirsalar, U Zot ularga mag‘firat va’da qildi.
«…sizning xatolaringizni mag‘firat qilamiz va yaxshilik qiluvchilarga ziyoda qilamiz», – dedi.
Xo‘sh, Banu Isroil bunga javoban nima qildi? فَبَدَّلَ الَّذِينَ ظَلَمُواْ قَوْلاً غَيْرَ الَّذِي قِيلَ لَهُمْ فَأَنزَلْنَا عَلَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ رِجْزاً مِّنَ السَّمَاء بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ۝ 59. Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan so‘zni boshqasiga almashtirdilar. Bas, zulm qilganlarga fosiqlik qilib yurganlari tufayli osmondan qaqshatqich azob tushirdik. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 206 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar