Shu hunar shariatga to‘g‘ri keladimi

Assalomu alaykum! Men ustoman, parabalicheskiy antena to‘g‘irlayman, tv kanallar ochaman. Shu kasb shariatga to‘g‘ri keladimi? Men odamlarni Allohning zikridan qaytargan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoidani aytilgan. O‘zingiz shunga solib ko‘ring. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni antenangizni ham kimdir yaxshi maqsadda ham kimdir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, shunga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu ishni qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar