Ayol eridan ruxsatsiz ota-onasinika ketsa

Assalomu alaykum! Savolim quidagicha.Men erimning ruxsatisiz uyimizga kelgandim. Mana 10kun bo‘ldi. Erim haydamagan edi. Yoki ket deb urushmagan ham edi. uyimizda eguligimiz ham etarlik edi. Erimning aytishicha eridan ruxsatsiz chiqib ketgan ayolni ibodati qabul bo‘lmaydi Allohning la’nati har bir o‘tayotgan kunlarida yog‘ilib turadi dedi. Bu rostmi? Men bu lanatdan qutilishim uchun nima qilishim kerak? Iltimos shar’iat bunga nima deydi to‘liq javob bersangiz. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fuqaholar “Biror  bir zaruratsiz shar’iy vojib bo‘lgan ishdan tashqari erining iznisiz tashqariga chiqishi harom hisoblanadi”deyishgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ : أَتَتِ امْرَأَةٌ نَبِيَّ اللهِ صلى الله عليه وسلم , فَقَالَتْ : يَا رَسُولَ اللهِ مَا حَقُّ الزَّوْجِ عَلَى زوجته ؟ قَالَ : لاَ تَمْنَعُهُ نَفْسَهَا وَلَوْ كَانَتْ عَلَى ظَهْرِ قَتَبٍ. قَالَتْ : يَا رَسُولَ اللهِ ، مَا حَقُّ الزَّوْجِ عَلَى زَوْجَتِهِ ؟ قَالَ : لاَ تَصَدَّقُ بِشَيْءٍ مِنْ بَيْتِهِ إلاَّ بِإِذْنِهِ ، فَإِنْ فَعَلَتْ كَانَ لَهُ الأَجْرُ ، وَعَلَيْهَا الْوِزْرُ . قَالَتْ : يَا نَبِي الله مَا حَقُّ الزَّوْجِ عَلَى امرأته ؟ قَالَ : لاَ تَخْرُجَ مِنْ بَيْتِهِ إِلا بِإِذْنِهِ ، فَإِنْ فَعَلَتْ : لَعَنَتْهَا مَلاَئِكَةُ اللهِ وَمَلاَئِكَةُ الرَّحْمَةِ وَمَلاَئِكَةُ الْغَضَبِ حَتَّى تَتُوبَ ، أَوْ تراجع . قَالَتْ : يَا نَبِيَّ اللهِ : فَإِنْ كَانَ لَهَا ظَالِمًا ؟ قَالَ : وَإِنْ كَانَ لَهَا ظَالِمًا . قَالَتْ : وَالَّذِي بَعَثَك بِالْحَقِّ لاَ يَمْلِكُ عَلَيَّ أَمْرِي أَحَدٌ بَعْدَ هَذَا أَبَدًا مَا بَقِيتُ .رواه ابن أبي شيبة في  المصنف Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi :   Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: “Ya Rasululloh erning ayolining zimmasidagi haqlari nimadan iborat” dedi. “Egarning ustida bo‘lsa ham o‘zini eridan man qilmaydi” dedilar. “Ya Rasululloh erning ayolining zimmasidagi haqlari nimadan iborat” dedi. “Erning iznisiz uyidan biror narsani sadaqa qilmaydi. “Agar qilsa savobi erga gunohi ayolga bo‘ladi” dedilar. “Ya Nabiyalloh erning ayolining zimmasidagi haqlari nimadan iborat” dedi. “Erning iznisiz uyidan chiqmaydi. Agar chiqsa Allohning farishtalari, rahmat va g‘azab farishtalari tavba qilgunicha(bir rivoyatda qaytgunicha) ayolga la’nat aytadi” dedilar. “Ey Allohning Nabiysi agar er ayolga zulm qiluvchi bo‘lsachi” dedi. “Agar ayolga zulm qiluvchi bo‘lsa ham” dedilar. Haligi ayol “Sizni haq bilan (payg‘ambar qilib) yuborgan Zotga qasamki bundan keyin modomiki hayot ekanman (erning haqqi ayolning zimmasiga og‘irligidan)hech kim ustimdan ishimga molik bo‘lmaydi” dedi. Ibn Abu Shayba rivoyati. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar