Qiyomatda ummatga qarshi guvoxlik

Assalomu alaykum! Bir ma’lumot eshitdim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomat kuni o‘zlarini ummatlariga qarshi guvoxlik berishlari mumkun ekan (ba’zi toifalariga). Shu qanchalar to‘g‘ri va u qaysi toifa? 2. Qiyomat kuni bir fatvoni eshitib unga amal qilgan insonni bo‘yni va oyog‘iga zanjir solib xisobga olib kelishar u qaerdan bunday fatvoni eshitgani xaqida so‘rab o‘sha ishga fatvo berganni xam zanjirlab olib kelib u qaerdan bu fatvoni olgani xaqida shunday qilib saxobalargacha borib ular oxiri Seni Kitobingdan yoki Rosulingdan olganmiz deyishar ekan. Shunday ma’lumot bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu guvohlik solihlarni solihligiga fosiqlarning fisqu-fujuriga bo‘lgan bo‘ladi. Alloh taolo “Nahl” surasida marhamat qiladi:  وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِي كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا عَلَيْهِم مِّنْ أَنفُسِهِمْ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَى هَؤُلاء وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ۝ 89. O‘sha Kunda har bir ummatga o‘zidan guvoh olib kelamiz va seni mana bularga guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qilish uchun hamda musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik.
Ya’ni qiyomat kuni har bir ummatga o‘z payg‘ambarini guvoh etganimizdek, seni ham ummatingga guvoh qilib keltiramiz. Senga Qur’oni Karimni nozil qilishdan maqsad har bir narsani bayon qilib berishdir. O‘sha Kitobdan boshqa biron narsa to‘g‘ri bayonotni bera olmaydi. Shu bilan birga, Qur’on musulmonlar uchun hidoyatdir. Ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi hidoyat mayog‘idir. Yana Qur’on mo‘minlar uchun Allohning rahmatidir. Va, nihoyat, Qur’oni Karim mo‘minlar uchun xushxabardir, ularga iymonlari orqasidan keladigan yaxshiliklarning xushxabarini beradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). 2). Ha, fatvo beruvchining holi og‘ir bo‘ladi. Oyatda yo‘q narsani gapirsa Alloh taoloning quyidagi oyatlari ostiga tushadi.  "Yunus" surasida: قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ۝ 69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt.

"Sooff" surasida  وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَى إِلَى الْإِسْلَامِ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ۝ 7. Islomga da’vat qilinib turganida, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan kimsadan ko‘ra zolimroq kim bor? Alloh zolim qavmni hidoyatga solmas.

Mabodo yo‘q hadisni bor deb yoki to‘qima hadisni aytadigan bo‘lsa quyidagi hadis ostiga tushadi. عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ  Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 153 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar