Gumonsiragan narsadan vos kechish

Assalomu alaykum! Arzimagan narsa tufayli vaqtizni olayotganim uchun uzr so‘rayman. Kecha bazordan kimchi sotip olgandim achchiqni yaxshi ko‘rganim uchun achchiq qo‘ship berishlarini aytgandim ammo uzlarida yo‘q eken yonidagi rastadagi sotuvchining garimdorisidan 1 choy qoshiq olip soldi sotuvchisi esa menimcha buni ko‘rmadi chunki boshqa ishlari bilan moshg‘ul edi, uyga kelip rosa o‘ylandim birovni xaqqisiga qaysidir manoda tajavvuz qilishmadimi menxam bunga guvox bo‘lip qolmadimmi dep, uni na eyishni na tashlap yuborishni bilmadim esam gumonsiragan narsam yana ibodatlarimga namozlarimga yomon tasir qilsachi? Axir Rosuli akrom gumonsiragan narsangizni tark qiling degan-ku tashlap yuborsam uvol qilgan bo‘lsamchi, balki sotuvchiga ozgina olgandim dep aytip ogoxlantirip qo‘ygan bo‘lsachi dedim va oxiri qo‘shnimizni tovug‘imi bor edi olip ketadigan idishiga tashlap yubordim, endi boshim qotip qoldi men to‘g‘ri ish qildimmi yo xatomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shubhalangan narsangizni tashlab yuborgan bo‘sangiz hech qisi yo‘q. Aslida sotuvchidan yoningizdagi odam bilan kelishuvingiz bormi deb so‘rashingiz kerak edi. Qolganiga siz mas’ul emassiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar