Tilla zakot

Assalomu alaykum! Yaqinda bir maruzada eshitib qoldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizning qo‘llarida tillo uzuk va Fotima onamizning bo‘ynilarida tilla taqinchoq ko‘rib zakotini berdingizmi bermagan bo‘lsangiz bu siz uchun jaxannamning kaliti bo‘ladi degan ekanlar. Islomda ayollarga tilla taqishga ruxsat bor deyilmaganmi? Xudo xoxlasa yaqinda to‘yim bo‘ladi bo‘lajak turmush o‘rtog‘im maxrimga aloxida uzuk berdilar. Zaksdan o‘tkanimizda xam aloxida uzuk beradilar, tillani zakoti 85gramdan oshsa beriladi deb eshitkanman lekin Payg‘ambarimiz bitta uzuknixam zakoti bor degan ekanlar. Shularni zakotini men to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqish joiz, ammo nisobga etsa, zakotini berish ham kerak. Siz noto‘g‘ri tushinibsiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 175 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar