telpak

hurmatlik shayx hazratlari ming bor uzr agar avvalgi savollarimda tarbiyasizliklar bo‘lgan bulsa. inson hato kamchilklardan holi emas ekan. siz bu qilayotgangan ishlaringizdan qanchadan qancha kishi manfaatlanmoqda raxmat.alloh taolo ohiratda uzi sizga qiyrot_qiyrot ajrlarni bersin.hafa bo‘lmasangiz yana bir masala bor edi. qishda kiyiladigan telpak sutra vazifasini bajara oladimi?alloh uzi rozi bulsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- «Sutra» deganda namozxonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siq tushuniladi. «Sutra»ni Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablari mustahab, deganlar. Devor, ustun, nayza, aso, boshqa biror narsa sutra bo‘lishi mumkin. Hech narsa topilmasa, bir chiziq chizib qo‘ysa ham, bo‘ladi. Maqsad, namozxonning oldidan biror narsa o‘tib ko‘nglini buzmasin, xususan, shayton vasvasa qilmasin.

27 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar