Kosa kola aktsiya

Assalomu alaykum! Men do‘konda ishlayman, hozirgi kunda kosa-kola kampaniyasi bir aksiya qilyapti, u shundan iboratki butulkali sola (yoki baklashkalik)ni propkasida kodi bo‘ladi. Bir raqamga yuvorasiz sizga yutuq(naushnik, taksiga bepul obuna yoki 5GB internet) chiqadi. Savolim shuki men butulkalik kolani ochib bersam(ya’ni xaridor sotib olsa) propkasi o‘zmda qoladi. Uni bir xil odamlar so‘raydi, bir xillari esa yo‘q, o‘sha qolganlarini (propkalarni) men ishlatsam ularni haqqini egan bo‘b qolamami? Yoki tashlab yuvorganim yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kim sotib olsa qopqoq o‘shaning haqqi bo‘ladi. Ular sizga rozi bo‘lib tashlab ketsa halol, bo‘lmasa yo‘q. Tashlamasdan o‘ziga bering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:42 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar