Hadisdan olinadigan foyda
Assalomu alaykum! Oltin Silsila Sahihul Buhoriy 1-juzidagi 77-hadisdan oldinadigan foyda nima? Mahmud ibn Rabiy’ roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Besh yoshligimda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning chelakdan bir ho‘plam suv olib, yuzimga purkaganlarini eslayman”. Alloh rozi bo‘lsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning hikmati nihoyatda ko‘p, biri bemorlik etganida ham sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlar tekkan suvlarni shifo tarzida iste’mol qilar edilar va Alloh buni shifolariga sabab qilar edi. Boshqa hadisda sahobalar idishlarida suv olib kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barmoqlarini ichiga solishlarini so‘rar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam ularga mehribonlik qilib qishni sovuq kunlarida ham suvga qo‘llarini solib berar edilar – deyilgan. Yana bir hadisda Ummu Salama onamizning avvalgi eridan bo‘lgan Zaynab ismli qizlarini yuzlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv sepaganlar. Shundan keyin Zaynab roziyallohu anho qarigan chog‘larida ham yuzlari yosh qizlarnikidek bo‘lib turar edi – deyilgan. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar