Quloq og‘rig‘i

Assalomu alaykum! Ustozlarim sizlardan bir iltimosim bor edi. Men yoshligimdan beri 100% eshitmayman. Ba’zida 10% yoki 20% eshitaman xolos. Men namoz o‘qib so‘ng Allohdan so‘rayman. Shuning uchun qaysi duolarni ko‘proq aytishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ لثَابِتٍ حِيْنَ قَالَ لَهُ اشْتَكَيْتُ: أَلَا أَرْقِيكَ بِرُقْيَةِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: بَلَى، قَالَ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ مُذْهِبَ الْبَأْسِ اشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شَافِيَ إِلَّا أَنْتَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U kishi o‘ziga «Tobim yo‘q», degan Sobitga:
«Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dam solishlari ila dam solib qo‘yaymi?» dedi.

«Ha», dedi u.
«Allohumma! Robbannasi, muzhibal ba’si. Ishfi. Antash-shaafiy. Laa shaafiya illaa anta. Shifaan laa yug‘odiru saqman», dedi».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 02:53 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar