Qabr Ziyoratlari
Assalomu alaykum! Men Qoraqolpogiston respublikasida yashayman savolim shuki 1. bizda agar kimdir bu olamdan o‘tib qolsa uni erni ustiga qo‘yishadi chunki er qazilib qo‘yilsa suv chiqib ketadi deyishadi. 2. Anashu o‘lgan insonni ziyorat qilish uchun yaqinlari kelib uni qabrini 3 yoki 4 marta atrofini aylanishadi. 3. Yana qabriston atrofidan o‘tib ketayotganlarida o‘lganlarni arvohlariga tegsin deyishadi bu bizni shevada (o‘lganlarding arvoyina tiyuvrsin) degani bu nmaga unday deyiladi deb so‘rasam agar shunday desak shu erda yotganlar biz egan taomlardan oziqlanadi degan javob berdi 4. Yana yaqinining qabrining bosh tomoniga boshini qo‘yadi sababi nima desam shunday qilsa u bizni ko‘radi deyishdi. Bular qanchalik to‘g‘ri? Men ko‘p shirk keltiradigan narsalar yoki odatlarni ko‘rib ko‘pchilik gaplariga odatlariga ishonmay qo‘ydim isbotini topmasam qilmaydigan bo‘ldim. Shu maqsadda so‘rayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Suv chiqib ketsa joiz.2). Qabrni tavof qilish joiz emas. Buni tezdan tark qilinglar.3). Bu gap noto‘g‘ri. Buning o‘rniga biror bir savobli ish qilib savobini etkazgin desa bo‘ladi.4). Bu g‘irt bema’nilik. Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qinghttps://fiqh.uz/maqola/687https://fiqh.uz/maqola/597Vallohu a’lam!
10 May 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar