Duoning arabcha matni

Assalomu alaykum! Bir savolning javibidagi hadisda: Abu Dovud rahmatullohi alayh rivoyat qilgan yana bir rivoyatda : “Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ayoli : “Abdulloh bo‘ynimga osilgan ipni ko‘rib qolib, bu nima dedi. “Men uchun bunga ruqiya qilib berilgan ip” dedi. Abdulloh uni olib uzib tashladida so‘ng “Abdullohning oilasi shirkdan behojatdir. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Albatta, dam solish, tumor va issiq-sovuq shirkdir» deyayotganlarini eshitganman” dedilar. Men «Bu qanday gap? Axir mening ko‘zimdan yosh oqar edi. Falonchi yahudiyning oldiga borsam, dam solib qo‘ysa, to‘xtab qolar edi» dedim. Shunda Abdulloh «O‘sha shaytonning ishi. U qo‘li bilan u(ko‘z)ni chuqalar edi. Dam solganda to‘xtar edi. Senga esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytgan narsani aytish kifoya qilar edi". Bu erda arabcha matni yo‘q ekan, shuni arabcha matni va tarjimasini ham topib berolasizlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ بَعْضَ أَهْلِهِ يَمْسَحُ بِيَدِهِ الْيُمْنَى وَيَقُولُ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ اذْهِبِ الْبأْسَ واشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ  Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ahllaridan ba’zilarga panoh tilaganlarida o‘ng qo‘llari ila silab:
«Allohumma! Robban-naasi! Izhibil ba’sa. Ishfi. Antash-shaafii. Laa shifa’a illaa shifaauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», der edilar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Har bir dam soluvchining bemorni o‘ng qo‘li bilan silab turib dam solishi shundan olingan. To‘g‘rirog‘i, duoni o‘qib, o‘ng kaftga dam solib, so‘ng o‘sha o‘ng kaft bilan bemorni silash kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha:
«Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 169 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar