Qarzdan voz kechish
Assalomu alaykum! Biz "instagram" tarmoqli tizimi orqali savdo bilan shug‘ullanamiz. Xozirgi kunda konkurslari orqali instagramdagi podpischiklar sonini ko‘paytirib beradigan odamlar bor. Shunaqa konkursda biz qatnashish uchun pul to‘lagan edik. Lekin u konkurs malum bir sabablarga ko‘ra bo‘lib o‘tmadi. Endilikda bizdan pul olgan odamlar biz bergan pulni 70% qaytarib berishdi, qolganini qaytarib berishmayapti, qo‘ng‘iroq qilsak bir necha marta qaytaramiz deb qaytarishmadi. Xozir esa qo‘ng‘iroqlarimizga javob berishmayapti Savolimiz shuki: biz qolgan puldan Alloh uchun deb voz kechsak bo‘ladimi yoki nima qilib bo‘lsa xam qolgan pulni qaytarib olishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo qimorbozlik qilmanglar. Qimor o‘ynashni Alloh Qur’onda harom qilgan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 05:26 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat