Janoza duosi haqida

Assalomu alaykum! Janoza duosini manosini tushunolmadim yani;(Ma’nosi : Ey Rabbim tirigu o‘ligimizni, hoziru g‘oyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni mag‘firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan bo‘lsang, uni Islomda qil, kimimizni o‘ldiradigan bo‘lsang, uni iymon bilan vafot ettir. Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma .) «uning ajri» deganla kim nazarda olingan va «undan keyin» deganlda marxumni nazarda tutilganmi? Oldinlan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir kishi vafot etsa, bu musibatdir. Unga sabr qilishda ulkan ajr bor. U meni qarindoshim yoki yaqinim emasdi deyish noto‘g‘ri. Musulmonlar birodardirlar. سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: تَرَى الْمُؤْمِنِينَ فِي تَرَاحُمِهِمْ وَتَوَادِّهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ كَمَثَلِ الْجَسَدِ إِذَا اشْتَكَى عُضْوًا تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ جَسَدِهِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Mo‘minlarning o‘zaro rahm qilishlari, do‘stliklari va mehribonchiliklarida xuddi bir tanadek ekanini ko‘rasan. Biror a’zo xastalansa, tananing qolgan joylari bedorlik va isitmalash bilan unga hamdard bo‘ladi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 182 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar