Ish topib berib pul olish

Assalomu alaykum! Men Moskvada ustachilik qilaman. Ayrim vaqt ortiqcha ish chiqsa o‘zimizni tanish ustalarga olib beraman va shu ishni nazorat qilaman, maslaxat beraman va keyinchalik 1 yillik garantiyasini bo‘ynimga olaman. So‘ramoqchi bo‘lganmi shu ishni masalan 100.000 rublga olib shunday 10.000 rubllini o‘zimga olsam xalol bo‘ladimi? Ish beradiganlar menga ishonishadi va o‘zing kontrollik qilsang mayli ishni beramiz deyishadi. Qisqasi posredniklik demoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dalolat qilganingiz uchun bir marta haq olishingiz mumkin. Bu ish topib berganingiz uchun bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:37 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar