Rasululloh savning tug‘ilishlariga bog‘liq ajoyibotlar
Rasululloh s.a.v.ning tug‘ilishlariga bog‘liq qanday ajoyibotlar mavjud?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U zot alayhissalomning
tug‘ilishlariga bog‘liq ajoyibotlar O‘sha kuni odamlar ko‘pgina odatdan tash-qari hodisalarning shohidi bo‘ldilar; 1. Butlar larzaga tushib qimirlab ketdi. Ba’zilari yuz tuban erga yiqildi. Chunki ularni yo‘q etguvchi zot dunyoga kelgan edi. 2. Makkadan bir nur zohir bo‘lib Shomdagi qasrlarni yoritib yubordi. Chunki butun dunyoga iymon nurini eltuvchi zot dunyo-ga kelgan edi. 3. Hishom ibn Urvaning ta’kidlashicha, o‘sha kuni Makkada tojirlik qiluvchi bir yahudiy qurayshliklar to‘planib o‘tirgan joyga kelib: «Ey, qurayshliklar jamoasi, bugun sizlarda biror bola tug‘ildimi», degan. Ular: «Bilmadik», deganlar. Shunda haligi yahudiy: «Allohu Akbar! Ammo bilmagan bo‘lsangiz, biling! Sizga aytadigan gapimni yaxshilab yodlab oling! Bugun ushbu oxirgi ummatning nabiysi tug‘ildi. Uning ikki kuragi orasida alomat bor. Alomatning ustida tuklar bor», dedi.
4. Hasson ibn Sobit roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:
«Etti-sakkiz yoshdagi bola edim. Ko‘rgan eshitgan narsamga aqlim etar edi. Bir kuni ertalab Yasribda bir yahudiy: «Ey, yahudiylar jamoasi!!!» deb baqirib qoldi. Uning oldiga to‘planishdi. Men eshitib turibman, ular: «Sho‘ring qurg‘ur, senga nima bo‘ldi?» dedilar.
«Batahqiq, bu kecha tug‘iladigan Ahmadning yulduzi chiqdi!» dedi. 5. Maxzum ibn Hone’ al-Maxzumiyning aytishicha, o‘sha kuni Fors podshohi Kisroning ayvoni larzaga kelib, o‘n ikkita bolaxonasi qulab tushgan. Majusiylarning ming yildan buyon o‘chmay turgan olovlari o‘chib qolgan.
Ba’zi bir kishilarga bu gaplar g‘alatiroq tuyulishi mumkin. Lekin bor haqiqat shu. Bu hodisalar turli tarixchilar tomonidan, jumladan, g‘ayri musulmonlari tomonidan ham o‘rganib chiqilgan. Ularning birortasi mazkur hodisalar mubolag‘a emasligini tasdiqlaganlar.
Bularning hammasi Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning kelajakda kim bo‘lishlariga ishorat edi.
Omina yangi tug‘ilgan go‘dakning suyunchilik xabarini berish uchun Abdulmuttalibga odam yuborib: sizga bir g‘ulom tug‘ildi, kelib unga bir nazar soling, dedi.
Ehtimol, bu bilan yangi kuyovlik chog‘ida vafot etgan o‘g‘li kuyida o‘rtanib yurgan keksa otaning ko‘ngliga bir oz quvonch kirishini istagandir?
Abdulmuttalib quvonchga to‘lgan holida shoshib etib keldi. Murg‘ak nabirasini qo‘lga olib o‘pdi. Uni avaylab ko‘tarib, Ka’bai Muazzamaning ichiga olib kirdi. Alloh taologa hamd aytib, duoi xayrlar qildi. So‘ngra nabirasini «Muhammad» deb nomladi. Arablar ichida bu nom tarqalmagan edi. Odamlar hayron qolishdi.
Bu muborak ismning lug‘aviy ma’nosi hamd-maqtov aytilgandir, degandir. Arab tilining xususiyatlaridan kelib chiqib tilshunos ulamolar, ayni shu Muhammad siyg‘asidan maqtovi tinmay yangilanib turuvchi degan ma’no chiqadi, deydilar.
Tarixchilarning rivoyat qilishlaricha, Omina onamiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga homiladorlik vaqt-larida tush ko‘rganlarida bolalari tug‘ilganida «Muhammad» deb nomlashlari kerakligi aytilgan ekan.
Shuningdek, Abdulmuttalib ham tushida o‘z sulbidan odatdagidan boshqa ulug‘ ma-qomga sazovor bo‘ladigan farzand tug‘ilishiga ishorat qiluvchi holatni ko‘rgan ekan. Ikki tushning tasirida va kelinning gapiga binoan Abdulmuttalib nabirasini Muhammad deb nomlagan ekan.
Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, o‘sha vaqtgacha arablarning ichida faqat uch kishiga Muhammad ismi qo‘yilgan ekan.
Bir guruh kishilar bir podshohning huzurida bo‘lishibdi. U avvalgi kitoblardan xabardor ekan. Podshoh suhbat davomida Hijoz tomondan Muhammad nomli payg‘ambar chiqishining xabarini aytdi.
Mehmonlar ichidan uch kishining xotinlari homilador ekan. Uchovlari ham xotinim o‘g‘il tug‘sa ismini Muhammad qo‘yaman, deb niyat qilibdilar. Ularning xotinlari o‘g‘il tug‘ibdi. Farzandlarni yaxshi niyat bilan Muhammad deb nomlabdilar. U zot alayhissalomning
emizilishlari O‘sha vaqtda arablarning odati bo‘yicha bolalar sahrolik ayollarga emizilar edi. Ularning fikricha, sahroning havosi ham, odamlarining axloqi ham shaharnikidan yaxshi bo‘lgani uchun sahrolik ayollarni emib o‘sgan bolalar sog‘-salomat, o‘tkir zehnli bo‘lib ulg‘ayardi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni dastlab bir necha kunga u zotning amakilari Abu Lahabning joriyasi Suvayba emizib turdi.
O‘sha kunlari Makkaga sahrodan Bani Sa’d qabilasilik emizuvchi ayollar yangi tug‘ilgan go‘daklarni olib ketish uchun kelib qoldilar.
O‘sha yili qurg‘oqchilik yili edi. Odamlar etishmovchilikdan qiynalib qolishgan edi. Ayollar boyroq oilalarning farzandini emizib, bir oz daromad topish niyatida edilar. Shuning uchun otasiz etim Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamni emizishga qiziquvchi ayol topilmadi.
Mingan ulovi oqsoqligi uchun hammadan ortda qolgan Halima ismli ayol ham boyroq oilaning bolasini olish niyatidan xoli emas edi. Lekin kech qolgani pand berdi. Dugonalari boylarning bolalarini egallab olishibdi.
Avvaliga Halima ham haligi etim bolani olishdan bosh tortdi. Boshqa bola topa olmaganidan keyin bir oz o‘ylab qoldi. Nima, emizgani bola olmay ketadimi? Xotinlar: Halima quruq qaytdi, deb hammayoqqa gap tarqatishib yuborishadi-ku! Yaxshisi, etim bo‘lsa ham Muhammad degan go‘dakni olib ketgani ma’qul. Alloh taoloning O‘zi Halimaning qalbiga o‘sha bolaga nisbatan mehr soldi. Halima Muhammad alayhissalomni emizgani oldi.
Hammadan oxiri kelib, hammadan oxiri qaytgan Halima o‘zining oqsoq ulovi tuzalib, tezlab yurayotganini payqadi. Ajabo, uning hammadan orqada qolgan nochor ulovi boshqalardan o‘tib keta boshladi. Ketishda hammadan ortda qolgan Halima qaytishda hammadan oldin o‘z maskaniga etib keldi. U o‘zi sezmagan holda Alloh taolo xalq qilgan odamzotlar, ichidagi eng afzaliga ko‘krak tuta boshladi.
Albatta, Halima o‘zining insoniyat tarixiga oxirgi zamon payg‘ambari Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamni emizgan onasi sifatida kirib qolishini o‘sha onlarda bilmas edi.
U keyinchalik, asrlar osha, qiyomatgacha millionlab musulmonlar uni Halimai Sa’diya onamiz (roziyallohu anho) deb yuksak ehtirom ila yodga olishlarini bilmas edi.
Ammo u shu bolani emiza boshlaganidan buyon hamma narsaga baraka kirib qolganini yaxshi bilar edi. O‘zining suti ham ko‘payib ketdi. Xonadoniga ham qut-baraka kirdi. Uning bolalari hayvonlarini qaerda boqishlaridan qat’iy nazar ularning qorni o‘tga, elini sutga to‘lib qaytadigan bo‘lib qoldi.
Shuning uchun ham bolani emizish muddati tugaganida ham undan ajragisi kelmadi. Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam ikki yoshga to‘lganlarida u zotni onalari huzuriga olib borib: mening oldimda yana bir oz tarbiya topsin, deb iltimos qildi. Omina onamiz bu taklifga rozi bo‘ldilar.
Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining emikdosh aka va opalari bilan birga sahroning sof havosida o‘ynar edilar.
Bir kuni havo juda ham isib ketdi. Halimai Sa’diya bolalarni olib kelib bir oz uxlatmoqchi bo‘ldi. Ularni ichkariga chaqirib: tashqarida yurmanglar, oftob urib ketadi, dedi.
Shunda uning qizi: Muhammad bilan o‘ynasak, bizni oftob urmaydi. Chunki uning ustida bulut doimo soya solib turadi, dedi. Halimai Sa’diya Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning oddiy bola emasligiga yana bir bor ishonch hosil qildi.
1 May 2022, 10:36 | Savol-javoblar | 162 | Siyrat va tarix