Unashtirilgan qiz boshqa bola bilan bilan "gaplashsa"
Assalomu alaykum! Bir birodarim bir necha oy oldin bir qizning nomusiga tegib qo‘ygan edi. Qilgan ahmoqgarchiligini yopish maqsadida qiz bilan unashtirildi, 2 oydan keyin to‘y bo‘lishi kerak edi, lekin kuni kecha u qizning boshqa bir yigit bilan telefonda suhbatlashib yurganini ushlab oldi. Qizning nomusiga tekkanini hech kim bilmaydi, qanday yo‘l tutishni bilmay mendan maslahat so‘radi. Men esa haq yo‘l istab sizlarga murojaat qilmoqdaman. Qanday yo‘l tutishi lozim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Birodar”ingiz hali tavba qilganga o‘xshamaydi. Avvalo tavba qilsin. Qaytib bu ishni qilmaslikka azmu qaror bersin. Bu uni qilgan zinosi uchun beriladigan jazolarning mingdan biri. Tavba qilib, to‘xtamasa bundan battar bo‘ladi. Tezroq to‘y qilib uylansin. Allohning buyurganiga yurib, qaytarganidan qaytsin. Ibodatlarini qoldirmay qilib yursin. O‘sha qizni tarbiyalanishiga sabab bo‘lsin. Shunda tavbasi qabul bo‘lishidan umid qilsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 05:47 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush