Takbiri iqomatni Qomad Qomad deb boshlayman

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishni boshlashda avval kitobda zarur bo‘lgan barcha duolarni yodlaganman, namoz o‘qish tartiblarini esa asosan bir do‘stimdan o‘rganganman. Farz namozidan oldin takbiri iqomatni aytishdan avval "Qomad Qomad" deb olaman so‘ng 4 marta Allohu Akbar va shu zaylda o‘z tartibida iqomat takbirini tugataman. Hozirgacha "Qomad Qomad" deyilishini hech bir kitobda ko‘rmadim Savolim shunda iboratki, "Qomad Qomad" deyishim to‘g‘rimi ? Javobingiz uchun rahmat, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shart emas, chunki sunnatda unday deyish yo‘q. Allohu akbar deb boshlab ketilsa, joiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar