Uylanishdagi muammolar

Assalomu alaykum! Maslaxat bering boshim qotib qoldi. Yaxshi niyatda bir qizga uylanish uchun xolam va ammalarni yubordim xammasi yaxshi ketayotgan edi. Qiz tomon o‘g‘liz ichadi, nasha chekadi, igna xam qabul qiladi ekan degan gap chiqaripti Allohga shukur unaka narsalardan yiroqdagi odamlardanman. To‘g‘ri namoz o‘qimasligim mumkin lekin unaqa ish qilmaganman. Bir ko‘nglim qiz xaqida sen xam bekorchi bo‘lmag‘ur gap chiqar deyapti Lekin Allohdan qo‘rqaman ko‘zim bilan ko‘rmagan ishni shunqa deb aytishga, lekin nega men emagan somasamga pul to‘lashim kerak deb ichimni it tirnagani tirnagan. Maslaxat bering Alloh to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin, xato kilib qo‘yishdan saqlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kechirimli bo‘ling. Bu holatdan yaxshilik qidirib Alloh boshidan sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganini shukrini qiling va boshqa yaxshi insonlarga sovchi bo‘ling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar