Behuda vaqt o‘tkazish

Assalomu alaykum! Bir odam namozlarini vaqtida o‘qiydi, lekin undan tashqari vaqtda faqat internetda o‘tiradi. So‘ralsa nojoiz bo‘lmagan hajviya, yangiliklar kabilarni o‘qiyapman deb javob beradi. Holbuki kuni shu bilan o‘tadi 2 yildan buyon. Ish topish, ro‘zg‘or tebratish kabilarni hayoliga keltirmaydi. 3 ta farzandi bor. Noshar’iy bo‘lmagan narsalarni deb vaqt o‘tkazsa bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu umrni behudaga sarflash bo‘ladi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:14 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar