Qayta nikoh o‘qitish kerakmi?
Assalomu alaykum! 1). Bir kishining ayoli unga sizni u dunyoda kerak bo‘lsa hurlarga ham bermayman degan bo‘lsa yu keyinchalik bu gapi Allohning jannat ahliga hurlar bor degan va’dasiga zid ekanligini anglab etsa ushbu ayol eri bilan nikohini qaytadan o‘qittirib olishi kerak bo‘ladimi? 2) a) Jamoat ichida ham ayollar ham erkaklar bo‘lsa imom qanday niyat qilishi kerak? b) Agar jamoatda ham ayollar ham erkaklar bo‘lsa imom esidan chiqib faqat erkaklarga imom bo‘lishni niyat qilsa ayollarning namozi botil bo‘ladimi? s) agar aksi bo‘lsa, ya’ni ayollarga imom bo‘lishni niyat qilsa-yu jamoatda erkaklar ham bo‘lib ularga imomlikni niyat qilishni unutsa erkaklarning namozi botil bo‘ladimi? d) Bordiyu jamoat namozi erkaklar bilan boshlansayu, ayollar keyinchalik orqa safga qo‘shilib iqtido qilishsa va bundan imomning xabari bo‘asa namozlari durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Hech narsa qilmaydi, bundan keyin bu kabi gaplarni gapirmang. 2-3). Umumiy imom bo‘lishini qalbidan o‘tkazishini o‘zi kifoya. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:15 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush