Rasmga olish va chiqarish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Bu savolga javobni saytdan qidirib topa olmadim, men sayohat qilganda ko‘pincha chiroyli manzaralarni rasmga olishga qiziqaman. 1-savolim, rasmga shaharlarda rasmga olsam tabiiyki rasmga boshqa insonlar ham tushib qoladi (videoga olsam ham huddi shu holat) shu vaziyatlarda rasm yoki video olishim joizmi? Ko‘chada yurgan har bir insondan rasmga yoki videoga olsam maylimi deb so‘rab chiqa olmayman. Yoki umuman agar boshqa insonlar tushib qolishi mumkin bo‘lsa olishim kerak emasmi? 2-savolim, insonni rasmga olishi uni chizish bilan bir xil emasligini eshitganman, lekin bu suratlarni printerdan chiqarish mumkinmi? Misol uchun esdalik bo‘lishi uchun tushgan rasmlarimizni chiqarib olsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odamlarni olmaslikka harakat qiling. Bunda kishilarning yuzi tanib bo‘lmaydigan darajada uzoqdan olingan bo‘lsa, zarari yo‘q. Lekin yuzi taniladigan bo‘lsa, durust bo‘lmaydi. Shuning uchun ilojini qilib odamlarni suratga tushmasligiga harakat qiling. Agar rasmga olishni haqiqatan bilsangiz buni qilish qiyin ish emas. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:15 | Savol-javoblar | 166 | Mediya