O‘tganlarni xotirlash

Assalomu alaykum! Men yoshligimdan raxmatlik buvam va buvim ruxlariga atab duo qilardim. Doim kechasi uxlashdan avval ularni eslab oxiratlari obod bo‘lishini so‘rab o‘zim bilgan suralarni (Ixlos, Falaq va Nos suralari) o‘qib keyin uxlardim. Bu menga ancha yillardan beri odat bo‘lib qolgan. Yaqinda bir tanishim kechasi ya’ni quyosh botganida qilingan bunday duolar qabul bo‘lmaydi deb aytdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tanishingiz noto‘g‘ri aytibdi. Siz to‘g‘ri qilayotgan ekansiz. Davom etavering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar