Onam oilangni buzasan demoqda

Assalomu alaykum! Xozir rossiyadaman 2 oy bo‘ldi. Bir nafar farzandim bor, onamla bilin ayolim tortishib qolib ayolim ketaman debdi. Onamla bolani tashlab ketasan deb bolani olib qolmoqchi bo‘libdila. Ayolim onamni sansirab bolani olmoqchi bo‘lib onamga qo‘l ko‘taribdimi yoki qo‘li tegip ketganmi bilmadim. Onamla urib uydan chiqib ketdi dedila. Onamla endi yashatmayman deyaptila, agar yashayman desang boshqa joyga saroy solsang xam qadam qo‘ymayman oq qilaman dedila. Ota-onadan jigarlarindan voz kechib chiqib ketasan dedila. Ayolim urmadim deyapti, nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jahl bilan emas aqlingiz bilan bo‘lib masalani hal qiling. Oilani saqlab qoling. Ajrashmasang oq qilaman deganini e’tibori yo‘q. Onalar qizishib ketganida shunday deb yuborishadi. Onangizni xizmatlarini qilib yaxshi muomalada bo‘lib, sovg‘alar bering va ko‘nglini oling. Kerak bo‘lsa, alohida bo‘lib chiqib keting, vaqtlar o‘tib vaziyat yumshaganida qaytib kelaverasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar