Asr namozi imomlar nazdida

Assalomu alaykum! 1) xanafiy mazxabidagi kishi biror bir masalada Abu Xanifa bir taraf uning shogirdlari imom Muxammad va Abu Yusuf Bir taraf bo‘lsa ulardan birini tanlash ixtiyorli bo‘ladi degan malumot o‘qidim. (raddul muxtor) shu to‘g‘rimi? 2) men xarbiy tashkilot azosiman asr namozini o‘qish vaqti doimo ishda jismoniy tarbiya vaqtiga to‘g‘ri kelib qoladi. Men Abu Yusuf va imom Muxammadlarning fatvosini olib asr namozini o‘qisam bo‘ladimi? (peshinning oxirgi vaqtiga qatiy rioya qilgan xolda). 3 Abu Xanifa asr namoziga bergan fatvolariga bir necha dalillar keltirganlar, lekin nima uchun aynan ikki soya deb fatvo berganini tushunmayman. Bu savolimni mazxabboshimizni ishini chuqalash emas balki ilmimni oshirish uchun berdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yo‘q. Hozirgi kunda qaysi biriga fatvo berilganini so‘rab bilib olishingiz shart. 2). Bo‘ladi. 3). Bunga dalillar juda ko‘p. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 190 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar