G‘usl to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Menda deyarli har kuni ertalab uyg‘onganimda ichki kiyimimda sal oqishroq kichik dog‘ bo‘ladi lekin ichki kiyimim quruq bo‘ladi behayo tush ko‘rmayman. Hazrat rohimahullohning Mo‘minning me’roji kitoblarida keltirilishicha Ibn Obidiyn rahmatullohi alayh "Raddul muhtor" kitoblarida quyidagi holatda g‘usl vojib bo‘lmasligi yozilgan "ko‘rgan narsasining maziy yoki vadiy ekaniga shak qilib tursa va tushi ham esida bo‘lmasa"(75-sahifa) Meni holatim shunga tushadimi? Imom Abu Hanifa tomonidan ba’zi holatlarda agar maniy yoki maziy, ma’niy yoki vadiy ekaniga ikkilansa va tush ko‘rgani esida bo‘lmasa g‘usl vojib bo‘lishi aytilgan bu ihtilofli masala ekan. Men ko‘rganim maniy emasmi? men bu holatda g‘usul qilaymi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har kuni chiqishiga qaraganda maniyga o‘xshamaydi. Yuqorida siz zikr qilgan gaplar sizning holatingizga taqqoslab bo‘lmaydi. Chunki siz har kuni tush ko‘rgaingizni eslay olishingiz mumkin emas. Katta ehtimol bu shamollashdan chiqqani narsa bo‘lishi kerak. Siz mutaxassisga borib tekshirtiring. Shunday bo‘lsa g‘usl qilmaysiz. Shamollash bo‘lmasa g‘usl qilishingiz shart. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 153 | Namoz