Rizq va tenglik
Assalomu alaykum! Men 2 yildan beri namozni bardavom o‘qishni boshladim undan tashqari tafakkurimni va ilmimni oshirish uchun Shayx xazratlarini kitoblarini o‘qiyabman. Lekin o‘zimga kerakli narsani topa olmayotganim uchun sizlarga murojat qilishga qaror qildim. Dinimizda Alloh bu dunyoda xar bir bandasiga rizqni o‘lchab bergan va xar banda Allohning oldida tengdur deyilgan. Lekin misoli uchun aytaylik ikki inson bor va ulardan biri chiroyli,bo‘yibaland, baquvvat,boy va baxtli xayot kechiryabti xuddiki uning bir kami dunyosi yoqdek Alloh uning rizqini keng qilib bergan, ikkinchi inson esa xuddi shuni aksi kambag‘al xayotini qiyinchilik bilan o‘tkazyabti shunchaki Alloh uning rizqini kamroq bergan. Ularning o‘xshash tomoni shuki ular ikkisi ham taqvodor va Allohning ibodatida juda sobut qadam. Birinchisi shukr qilsa ikkinchisi xam shukr xam sabr kiladi. Birinchisi boy bo‘lgani uchun zakot sadaqa berib va xajga borib ko‘p savoblar oladi ikkinchisi esa unday emas. Ular ikkisi xam jannatga tushishsa birinchi inson ikki dunyoning saodatiga erishgan bo‘ladi ikkinchisi esa faqat bittasini bu erda ikkinchi insonga nisbatan adolatsizlik bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda “Faqirlar boylardan besh yuz yil avval jannatga kirishadi” deyilgan. Termiziy rivoyati. Juma kuni oftobda o‘tirib qolsangiz juma tugagunicha qay ahvolga tushasiz. U mahshar maydonida boshqalardan besh yuz yil avval jannatga kirish nimaligini tasavvur qilayapsizmi. Allohni har bir bandasiga qilgan taqdirida ulkan hikmat bor. Unga faqat taslim bo‘lish bilangina erishiladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar