Sog‘lom dam uzrli imomga iqtidosi
Assalomu alaykum! 1). Sog‘lom kishi, yani qiyom, ruku, sajda kabi namoz ruknlarini to‘liq bajara oladigan kishi shu ruknlarni to‘laligicha bajara olmaydigan imomga iqtido qilsa bo‘ladimi? Kecha bobomni uylarida mehmonchilikda edik, bobomning akalari yoshliklaridan taqvoli insonlar u kishi shom bilan xufton namoziga imomlik qildilar ammo qarilik tufayli( yoshlari taxminan 80 dan oshgan ) namozni stulda o‘tirib, rukuda sal egilib, sajdada rukudagidan ko‘proq egilib namozni ado qildilar. Bizning iqtidoyimiz durust bo‘lganmi? 2) Bir xonada singilarim bilan namoz o‘qiyotgan bo‘lsak( hamma alohida), singilarim mandan orqaroqda o‘qishlari shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Siz aytgan holatda bobongizning imomliklari joiz bo‘lmaydi. O‘tirib namoz o‘qiydigan kishi tik turib o‘qiydiganlarga imom bo‘lishi joiz. Lekin bunda imom ruku’ va sajdaga qodir bo‘lishi kerak.
“Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Tik turgan o‘tirganga iqtido qilishi joizligi, o‘tirib imom bo‘lgan ruku’ va sajdaga qodir bo‘lishi sharti bilandir. Buning hujjati quyidagi rivoyatdir: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِنَّمَا جُعِلَ الْإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ، فَإِذَا كَبَّرَ فَكَبِّرُوا، وَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا، وَإِذَا قَالَ سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ فَقُولُوا اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ، وَإِذَا سَجَدَ فَاسْجُدُوا، وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا أَجْمَعُونَ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ
وَلَفْظُ أَبُو دَاوُدَ إِنَّمَا جُعِلَ الْإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ، فَإِذَا كَبَّرَ فَكَبِّرُوا وَلَا تُكَبِّرُوا حَتَّى يُكَبِّرَ، وَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا وَلَا تَرْكَعُوا حَتَّى يَرْكَعَ، وَإِذَا سَجَدَ فَاسْجُدُوا وَلَا تَسْجُدُوا حَتَّى يَسْجُدَ
قَالَ الْحُمَيْدِيُّ قَوْلُهُ إِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا هُوَ فِي مَرَضِهِ الْقَدِيمِ، ثُمَّ صَلَّى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعْدَ ذَلِكَ جَالِسًا وَالنَّاسُ خَلْفَهُ قِيَامًا، لَمْ يَأْمُرْهُمْ بِالْقُعُودِ، وَإِنَّمَا يُؤْخَذُ بِالْآخِرِ، فَالْآخِرِ مِنْ فِعْلِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Imom unga ergashilishi uchungina qo‘yilgandir. Takbir aytsa, sizlar ham takbir aytinglar. Ruku’ qilsa, sizlar ham ruku’ qilinglar. «Sami’allohu liman hamidah», desa, «Allohumma Robbanaa va lakal hamd», denglar. Sajda qilsa, sajda qilinglar. O‘tirib namoz o‘qisa, barchangiz o‘tirib namoz o‘qing», dedilar».
Abu Dovud keltirgan lafzda:
«Imom faqat unga ergashilishi uchun qo‘yilgandir. Takbir aytsa, sizlar ham takbir aytinglar. U takbir aytmaguncha sizlar takbir aytmanglar. Ruku’ qilsa, sizlar ham ruku’ qilinglar. U ruku’ qilmaguncha sizlar ruku’ qilmanglar. Sajda qilsa, sizlar ham sajda qilinglar. U sajda qilmaguncha sizlar sajda qilmanglar», deyilgan.
Humaydiy aytadi:
«O‘tirib namoz o‘qisa, barchangiz o‘tirib namoz o‘qing», degan so‘zlari u zotning ilgarigi betobliklarida bo‘lgan. Bundan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallam yana o‘tirib namoz o‘qidilar, odamlar esa ortlarida tik turishdi. U zot ularni o‘tirishga buyurmadilar. Albatta, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning amallaridan eng oxirgisi olinadi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Birinchi rivoyatdagi «O‘tirib namoz o‘qisa, barchangiz o‘tirib namoz o‘qing», deyilgan gap haqida bir oz tushuntirish berish lozim.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu gapni otdan yiqilib tushib, o‘ng yonboshlari jarohatlanganda, u zotni ko‘rgani kelgan sahobai kiromlarga o‘tirib imomlik qilayotib aytganlar.
Lekin hozirda o‘tirib imomlik qilgan kishiga o‘tirib iqtido qilinmaydi. Agar imom o‘tirib imomlik qilsa ham, qavm tik turib iqtido qiladi, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etishlaridan oldingi bemorliklarida o‘tirib imomlik qilganlarida sahobai kiromlar tik turib iqtido qilganlar.
Umuman, Islom shariatida bir masalada ikki xil ko‘rsatma kelgan bo‘lsa, ikkisidan oxirgisiga amal qilinadi. Birinchisi mansux, ikkinchisi nosix bo‘ladi.
Ushbu usuliy qoidani imom Buxoriyning shayxlari Humaydiy ikkinchi rivoyatda bayon qilib bermoqdalar.
Shuning uchun jumhur ulamolari: «O‘tirib namoz o‘qiydigan imomga tik turib iqtido qilinadi. Iqtido qiluvchi tik turishga qodir bo‘la turib, imomiga ergashaman deb, o‘tirib namoz o‘qishi joiz emas», deydilar.
Imo qiluvchi imo qiluvchiga iqtido qilishi joizligi ikkovlarining holi bir xil bo‘lgan holat uchundir. Ammo imom yonboshlab, muqtadiy o‘tirib, imo bilan namoz o‘qishi joiz emas.2). Alohida namoz o‘qiganda ayol kishi erkak kishidan orqaroqda turishi shart emas. Ammo erkak ayol kishiga imom bo‘lib o‘qiyotgan bo‘lsa, yonida turib o‘qish joiz emas. Kifoya kitobida shunday deyiladi:
Takbiri tahrima va adoda ikkovlari sherik bo‘lgan mutlaq namozda ayol kishi (safda) erkakka tenglashib qolsa va u (erkak) ayolga imomlikni niyat qilgan bo‘lsa, erkakning namozi fosid bo‘ladi (buziladi).
Chunki erkak oldinga o‘tish haqidagi amrni bajarmadi.عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ صَلَّى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي بَيْتِ أُمِّ سُلَيْمٍ، فَقُمْتُ وَيَتِيمٌ خَلْفَهُ، وَأُمُّ سُلَيْمٍ خَلْفَنَا رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ummu Sulaymning uyida namoz o‘qidilar. Men va bir etim bola u zotning orqalarida turdik. Ummu Sulaym esa bizning orqamizda turdi».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan.
Agar ayol kishi erkak kishi bilan bir safda turganda namoz buzilmaganida, yolg‘iz kishi bir o‘zi saf tortishi mumkin bo‘lmagani uchun, Ummu Sulaymning bir o‘zi safda turishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruxsat bermagan bo‘lar edilar.
Bo‘lmasa, ayolning namozi (buziladi).
Chunki ayolning iqtidosi to‘g‘ri bo‘lmadi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 152 | Namoz