Davolanish xaqida xadis

Assalomu alaykum! Yaqinda bir maqolani uqib qoldim U erda bir xadis keltirilgan ekan: "Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: «Agar tiryoqni ichsam, tumorni ossam va o‘zimdan she’r aytsam, keyin nima qilganimga parvo qilmayman», deganlarini eshitdim». Ikkisini Abu Dovud rivoyat qilgan". Shu xadisda Payg‘ambar alayxissalom shularni iste’mol qilganliklari xaqida aytilganmi? Axir ular Payg‘ambarlarku? Aqlim noqislik qilyapti, tushuntirib beringlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz e’tibor bersangiz “Men aslo aslo bunday qilmayman” degan ma’noni bildiradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 173 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar