Bilmasdan qilingan xato

Assalomu alaykum! 1. Ro‘za tutganimda burnimga sprey septim. 2. Azon ovozi eshitilayotganda ba’zida azon aytib bo‘linishi bilan suv ichib tish yuvdim va keyin og‘iz yopdim. Bir necha kun shunday holat bo‘ldi. Bu ishlarni kafforat vojib bo‘lishini bilmasdan qildim. Menga kafforat vojibmi? Tutgan ro‘zam qabul bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ro‘za ochilib ketgan.
2). Qazo vojib. Saharlikni taqvim vaqtidan 20 daqiqa avvalroq tugatish mustahab amaldir. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 156 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar