Hijobdan chiqish
Assalomu alaykum! Yoshim 19da. Yaqinda xijobga kirdim. Otam xijobga kirishimga rozi bo‘lgandi. Endi yarashmaskan echasan deyapti. Onam va boshqa xamma qarindoshlar qo‘shnilar mendan norozi. Ularni rozi qilaman deb xijobimni echsam gunox bo‘ladimi. Men gunox desam onam gunoxmas keyinroq kiraverasan xijobga deyaptilar. Nima qilay maslaxatilarga muxtojman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avratlaringizni yopishingiz farz. Allohning farzida bandasidan ruxsat so‘ralmaydi. Alloh ota-onangizni yoki qarindoshlaringiz g‘azabidan qutqara oladi, ammo ular Allohning g‘azabidan qutqara olisholmaydi. Siz Allohga itoat qiling. Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 09:56 | Savol-javoblar | 148 | Ayollarga oid masalalar