Bemorlikda yotib namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Ustoz yoshim 27 da manda 4ta girija (kichkina emas) bor. Ishliyman kun bo‘yi o‘zi og‘rig‘iga zo‘rga chidab yuraman(licheniy oladigan paytim kelsa) kunduzi namozlarimni o‘z vaqtida o‘qiyman, kechqurun uyga kelib huftonni o‘qishga kelganda chidolmiydigan darajada og‘riydi yotib olaman, qaddimni ko‘tara ololmiyman, yotsam charchab uxlab qolaman, shunga qiblaga yuzlanib olib birinchi huftonni yotib o‘qiyman, keyin kiymlarimni almashtirib joyimga yotib uxliyman, sizga bo‘rtirib gapirmayapman bir hilda ertalab bomdodga tursam ham shunaqa qattiq og‘rivotkan bo‘sa Bomdodniyam yotib o‘qiyman, lekin o‘zim uyalaman Allohdan. Kunduzi yurib o‘tirib ishliymande lekin namozga kelganda yotib o‘qivotman deb Xoliqimdan uyalaman. Namozi qoldirgim kelmiydi, shundog‘am qazo namozlarim ko‘p. Mani shu holatimda yotib namoz o‘qisam bo‘ladimi? Yaqinda lecheniya olaman InshaAlloh unda hozirdanam kuchli og‘riqla bo‘ladi, undaku aniq yotib namoz o‘qiyman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatingiz ko‘targanicha o‘qiysiz. Alloh toqatdan tashqari narsaga buyurmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatingiz ko‘targanicha o‘qiysiz. Alloh toqatdan tashqari narsaga buyurmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 168 | Namoz