Bitta surani qilish

Assalomu alaykum! Men bir hadis o‘qigandim unda sahobalar sayohatga chiqishadi va yo‘lboshlovchi namozga imomlikka o‘tganda zam suraga 2 ra’katiga Ixlos surasini o‘qiydi va shu hol bir nechta namozlarda kuzatiladi sahobalar buni Rosullulloh sollollohi alayhi vasallamga aytishganda shu imom bo‘lgan sahobadan sababini so‘raydilar shunda o‘sha sahoba men Allohni yaxshi ko‘rib shunday qilaman degan mazmunda ko‘rgandim va o‘sha hadisni o‘qiganimdan beri men xam shunga odatlanganman. Albatta namozlarda 2 yoki 4 rakat sunnatlarda xam oxirgi rakatida Ixlos surasini o‘qishga odatlanganman shu holat makruh bo‘ladimi yoki men hadisni yaxshi tushunmadimmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu yaxshi ko‘rish siz bilan bizda topilmaydi. Uni g‘olabatul hol deyiladi. Shuning uchun siz bilan bizga faqat bir surani tayin qilib olish makruh. Bundan boshqa surani bilmaydigan bo‘lsa boshqa gap. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar