Emikdoshlar nikoxi
Assalomu alaykum! Men 11yil oldin ammamni o‘g‘liga kelin bo‘lganman. Xozirda 4ta farzandimiz bor, erimni singlisi bilan tengdoshmiz. Erimni oyisi meni, meni oyim erimni singlisini emdirganlar. Xullas erimni oyilarini emganman, erimni singlisi bilan emikdoshmiz. Nima qilishni bilmayman, maslaxat bering nima qilay, qanday yo‘l tutay? Ayrilay desam o‘rtada 4ta bolam bor, ayrilmay desam zino gunoxmi deb qo‘rqaman. Nima qilay iltimos javob bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni yozganingizdan biz eringiz bilan ham emikdoshsiz deb tushundik. Buni hukmi o‘zingizga ma’lum, sizlar shariy manoda aka-singil hisoblanasizlar. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالاَتُكُمْ وَبَنَاتُ الأَخِ وَبَنَاتُ الأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللاَّتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَآئِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللاَّتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَآئِكُمُ اللاَّتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُواْ دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلاَئِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلاَبِكُمْ وَأَن تَجْمَعُواْ بَيْنَ الأُخْتَيْنِ إَلاَّ مَا قَدْ سَلَفَ إِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا Alloh taolo:
«Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari – agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, sizga gunoh yo‘q – va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari hamda opa-singilni jamlamog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Emizish tufayli nikohi harom bo‘lgan ayollar:
«...emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz...»ning nikohi harom qilindi.
Bu jumlada emish orqali nikohi harom bo‘lgan ayollar zikr qilinmoqda. Oyati karimada faqat ikki toifa – emish tufayli aslga aylangan, ya’ni ona bo‘lganlar va ularning shoxobchalari bo‘lmish emikdosh opa-singillargina zikr qilinmoqda. Ya’ni nasab jihatidan qaysi toifadagi ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emish tufayli ham o‘sha toifalarning nikohi harom bo‘ladi.
Bunday hukmlar ostiga kiradigan emish shuki, ikki yoshdan kichik bo‘lgan go‘dakning onasidan boshqa sutli ayolni emishidir. Ana o‘shanda u ayol bolaning onasiga, ayolning eri esa otasiga, bolalari aka-ukasi va opa-singillariga aylanadilar. Shuningdek, boshqa qarindoshlar ham emgan bolaga xesh bo‘ladilar. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ يَحْرُمُ مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا يَحْرُمُ مِنَ الْوِلَادَةِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Tug‘ilish tufayli harom bo‘lganlar emizish tufayli ham harom bo‘ladi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Tug‘ishganlik, ya’ni nasab aloqasi bo‘yicha qaysi toifa ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emizish orqali, ya’ni birovning bolasini begona ayol emizishi tufayli sodir bo‘ladigan emikdoshlik yaqinligi tufayli ham o‘sha toifa ayollarning nikohi harom bo‘ladi.
Misol uchun, tuqqan onasining nikohi harom bo‘lganidek, emizgan onasining nikohi ham harom bo‘ladi. Tug‘ishgan singlisining nikohi harom bo‘lganidek, emikdosh singlisining nikohi ham harom bo‘ladi va hokazo.وَرُغِّبَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فيِ نِكَاحِ بِنْتِ عَمِّهِ حَمْزَةَ، فَقَالَ إِنَّهَا لَا تَحِلُّ لِي، إِنَّهَا ابْنَةُ أَخِي مِنَ الرَّضَاعَةِ، وَيَحْرُمُ مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا يَحْرُمُ مِنَ الرَّحِمِ رَوَاهُ الشَّيْخَانِ «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga amakilari Hamzaning qizini nikohlab olish targ‘ib qilindi. Shunda u zot:
«U (qiz) menga halol bo‘lmaydi, chunki u emikdosh akamning qizidir. Qarindoshlik tufayli harom bo‘lganlar emikdoshlik tufayli ham harom bo‘ladilar», dedilar».
Ikki shayx rivoyat qilishgan.
Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam yoshliklarida o‘z amakilari Hamza roziyallohu anhuni emizgan ayolni emgan edilar. Ular bir-birlari bilan emikdosh aka-uka edilar. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi vasallam Hamza roziyallohu anhuning qizlariga uylanishdan bosh tortdilar. Bu ish xuddi nasabiy akaning qiziga uylanishdek harom ekanini bayon etdilar. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush