Bilmasdan hadis aytdimmi

Assalomu alaykum! Rahbarlarimiz xodimlar orasida ishga hijoblik qiz bola olish mavzusini tashlashdi. Uning vazifasi kelgan mijozlarni kutib olish (mijozlarning asosiy qismi erkak) zarurat bo‘lsa ularga kofe, choy damlash va hokazolar. Boshida indamay turdim. Bir yigit dinimizda bunga qarshlik yo‘q dedi. Men dinimizda qarshilik bor dedim. Qaerdan eshitganman bilmadim "Nomahram erak va ayol yolg‘iz qolmasin” degan manoda hadis bor, “qolmasin” deb qat’iy buyruq bilan kelgan, qolsa gunohkor bo‘lish ehtimoli yuqori" deb shu gaplarni aytdim. Shu bilan masala yopildi. Qidiruv bo‘limidan men aytgan gaplarga mos hadis topa olmadim. "Kim mening nomimdan yolg‘on gapirsa o‘ziga jahannamdan joy to‘shayversin" degan manodagi hadisni eshitdim. Shunga nima echim berasizlar yana o‘sha jamoat orasida unday manodagi hadis yo‘q ekan, men hato qildim deb qo‘yaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytibsiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam :ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان“Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning  uchinchisi shayton bo‘ladi” deganlar.Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 151 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar