Bizga zakot berish farzmi

Assalomu alaykum! Xo‘jayinimda shaxsiy avtomashina bor, uni minib kirakashlik qilishadi. Topishlari xar xil. Manda ota-onam bergan tillo taqinchoqlarim bor. Ammo ro‘zg‘orni zo‘rga tebratamiz. Shu mashina, tillo taqinchoqlar ustidan zakot berish bizga farzmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinadan bermasligingiz aniq. Tilla taqinchoqlaringiz 85gr ga etsa qirqdan birini zakotdan deb ajratib berib yuborasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 143 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar