Qanday ribosiz xarid qilsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Masalan menda 30mln so‘m pul bor va men bu pulga mashina olmoqchiman (misol uchun) deyarli 100mln qiymatlik mashina mening pulim etmasligi aniq shuning uchun ham ko‘pchilik kreditga oladi 30% ini to‘lab! Lekin kredit sudxo‘rlik bo‘lsa, rassrochka agar muddati o‘tib ketib penya tug‘sa yoki bank aralashsa u ham joiz emas degan ekansizlar, Savolim shuki qanday yo‘l bilan halol ravishda mashina yoki shunga o‘xshash buyum xarid qilishim mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozir shu ish bilan shug‘ullanadigan diyonatli kishilar ko‘p. Ular sizga yoqqan mashinani o‘zlari sotib olishadi va sizga belgilagan muddattga belgilangan narxga sotadi. Siz qo‘lingizdagi pulingizni berasiz ular umumiy to‘lovdan o‘shani chiqarib yuborishadi va qolganini oyma-oy qanchadan to‘lashingizni belgilab berishadi. Faqat oylik to‘lovingiz kunidan kechiksa peniya yozmaydigan bo‘lishi shart. Siz ham mashina olishdi kattani emas o‘zingiz to‘lay oladiganingizni oling. Xalqimizdagi “Bor boricha yo‘q holicha yashasin” degan maqolni ham unutmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 207 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar