To‘yonani dollarga o‘tkazish

Assalomu alaykum! Biz do‘stlarimiz bilan kassa go‘shtga pichib boshlaganmiz. To‘yonani go‘shtga pichish nojoiz ekanini 4ta do‘stim to‘yi etganidan so‘ng xabar topdim. In shaa Alloh yaqinda to‘yim shunga dollarga pichsam joiz bo‘ladimi? Yani dollarni o‘zini (30$) olib berishim kerakmi yoki o‘sha paytdagi kursga qarab qarab so‘mda qaytarsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Go‘shtga pichib berilgan pulni o‘z-o‘zidan dollarga aylantirolmaysiz. Yoki berganingizni olasiz yoki o‘shancha kilo go‘sht beradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar